Markaziy Osiyo davlatlari Olmaotada boʻlib oʻtgan oliy darajadagi sammitda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish borasidagi yutuqlarni muhokama qildi

28-June, 2022
Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

2022 yilning 16-17 iyun kunlari Olmaota shahrida Markaziy Osiyo davlatlarining “COVIDdan keying davrda – Markaziy Osiyoda adolatli tiklanish sari” nomli Barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) bagi’shlangan Ikkinchi mintaqaviy sammiti bo‘lib o‘tdi. Mazkur sammitda Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi hamishtirok etib, O‘zbekistonning COVID-19 dan keyin tiklanish tajribasi va BRMga erishish borasidagi yutuqlari to’grisidama’lumot berdi.

Ikkinchi mintaqaviy sammitda Markaziy Osiyo davlatlari hukumatlari rasmiylari, xalqaro ekspertlar, xalqaro tashkilotlar va diplomatik hamjamiyat vakillari, xususiy sektor rahbarlari va Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolik jamiyati vakillari ishtirok etdi.

Tashkilotchilar nomidan Qozog‘iston Bosh vaziri Alixan Smailov va BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, BMT Taraqqiyot dasturi ma’muri yordamchisi Usha Rao-Monari sammit ishtirokchilariga qutlov so‘zlarini yo’lladi. Videomuloqotformatida sammit ishtirokchilarini Yevropa Ittifoqining xalqaro hamkorlik bo‘yicha komissari Yutta Urpilaynen hamqutlov so’zlarini yo’lladi.

YEI komissari Urpilaynen YeIning Markaziy Osiyo davlatlariga BRMga erishishda yordam berishga sodiqligini ta’kidlabshunday dedi: “Biz yanada barqaror va inklyuziv kelajakni qurish va mintaqaviy muloqotni rivojlantirishda Markaziy Osiyo davlatlarini qo’llab-quvvatlaymiz. Bizning yangi Global Gateway strategiyamiz Yevropa va uning hamkorlarini barqaror va yuqori sifatli infratuzilma yaratish, yoshlarda kasbiy ko‘nikmalarni inklyuziv rivojlantirish va mintaqadayanada barqaror sog‘liqni saqlash tizimlarini yaratish yo’nalishlarida sarmoya kiritish orqali o’zaro bog‘lashga yordam beradi”.

Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi, Prezident Administratsiyasi rahbari Aqilbek Japarov, Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzoda, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Turkmaniston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari Muxammetguli Muhammedov ham sammit ishtirokchilarini qutladi.

Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘z nutqida O‘zbekiston Respublikasi pandemiyaga qaramay, BRM bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishda davom etib, salmoqli natijalarga erishganini ta’kidladi. Yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tashabbusi bilan qabul qilingan 2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi “Inson sha’ni va qadr-qimmati yo‘lida” tamoyili asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, u Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan uzviy bog'langan va uyg'unlashtirilgan.

Xususan, mazkur Strategiyada 2026 yilgacha qashshoqlik darajasini, birinchi navbatda, barqaror va inklyuziv iqtisodiy rivojlanishni taʼminlash orqali ikki barobarga qisqartirish kabi maqsadlar qamrab olingan. O‘zbekiston hukumati o‘z oldiga kelgusi besh yilda aholi jon boshiga YaIMning 1,4 barobar o‘sishi va iqtisodiy o‘sish sur’atlarini o‘rtacha 7 foiz darajasida ushlab turishni ta’minlashni maqsad qilib qo‘ygan. Bu, o'z navbatida, 2030 yilga borib O’zbekistonningo'rtadan yuqori daromadli mamlakatlar guruhiga kirishi uchun sharoit yaratadi.

Pandemiyadan keyingi davrda barqaror rivojlanishga erishish bo’yicha sa’y-harakatlarni jadallashtirish uchun hammilliy, ham mintaqaviy darajada konstruktiv muloqot, sheriklik va qat’iy chora-tadbirlar zarur. Barqaror rivojlanishga erishish uchun zarur choralar ko‘rilishini ta’minlashda barcha manfaatdor ishtirokchilar – hukumatlar, biznes hamjamiyati, fuqarolik jamiyati, ilmiy doiralar va xalqaro tashkilotlarning o’z o’rni bor.

Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

“BRMga erishish borasida muvaffaqiyatga erishish uchun rivojlanish yoʻllarini tubdan oʻzgartirish talab etiladi. 2030 yilgacha atigi sakkiz yil qolganini hisobga olgan holda, rivojlanishni “yana o’z iziga tushirish” va oldinga harakatlanishda davom etish uchun ko’proq sa’y-harakatlar talab etiladi. Buning uchun inson kapitaliga sarmoya kiritish, ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish, sifatli ta’limni ta’minlash, munosib ish o‘rinlari yaratish, qayta tiklanadigan energiya manbalariga o‘tish va barcha uchun raqamlashtirishni ta’minlash talab etiladi. Bunday qat’iysa’y-harakatlar BRMni moliyalashtirish tizimini qayta ko‘rib chiqishni talab qiladi”, dedi BMT Taraqqiyot dasturi ma’muriyordamchisi Usha Rao-Monari.

Sammitda shuningdek, bir qator jahon darajasidagi yetakchi ekspertlar, jumladan, taniqli iqtisodchi va Kolumbiyauniversiteti (AQSh) Barqaror rivojlanish markazi direktori Jeffri Saks, Brukings Instituti (AQSh) “Global iqtisodiyot vataraqqiyot” dasturining katta ilmiy xodimi, Yoxannes F. Linn; Nyu-Yorkdagi Kolumbiya universiteti (AQSh) va SciencesPo universiteti (Fransiya) professori Shiv Somshvar; BAA Federal raqobatbardoshlik va statistika markazi direktoriXanan Ahli; va Estoniya elektron boshqaruv akademiyasining ijrochi direktori va boshqaruv kengashi raisi HannesAstok va boshqalar dolzarb taqdimotlar bilan chiqishdi.

Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

Sammit sessiyalari Markaziy Osiyoda mintaqaviy rivojlanish bilan bog’liq muammolar va pandemiyadan keyingi davrda tiklanish strategiyalarini muhokama qilish uchun platforma bo‘lib xizmat qilib, ularda asosiy e’tibor “yashil” iqtisodiyot va iqlim o’zgarishi bo’yicha kun tartibiga qaratildi. Maxsus sessiya – shahar hokimlarining davra suhbati doirasida ishtirokchilar Markaziy Osiyodagi yirik va kichik shaharlarni rivojlantirish va BRMlarni mahalliy sharoitlargamoslashtirish orqali ularni barqaror rivojlanish yo’liga o‘tkazish bo‘yicha mahalliy yechimlar muhokama qilindi. Shuningdek, alohida sessiyalar davlat xizmatlarini raqamlashtirish, barqaror rivojlanish uchun ayollar va yoshlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, BRMni moliyalashtirishni iqlim bo‘yicha kun tartibi bilan uyg’unlashtirishnita’minlash va BRMga erishishni jadallashtirish bo‘yicha sheriklikni kuchaytirish masalalariga bag‘ishlandi.

2019 yil noyabr oyida Olmaota shahrida BRM bo’yicha birinchi mintaqaviy sammiti boʻlib oʻtgan va u global rivojlanish kun tartibini moliyalashtirishga bagʻishlangan edi.