Farg‘ona vodiysining faol yoshlari “Yetakchi yoshlar – yozgi maktabi”da liderlik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirdilar

30-June, 2021

Image: UNDP Uzbekistan

Joriy yilning 20-27 iyun kunlari Toshkent viloyatining Bo'stonliq tumanida joylashgan Yoshlar oromgohi hududida BMTning "Farg’ona vodiysi yoshlarining ijtimoiy uyg’unligi" qo‘shma dasturi doirasida, Yoshlar ishlari agentligi ko'magida va  BMTning Tinchlik qurish jamg'armasining (FMS) moliyaviy ko'magi bilan “Yetakchi yoshlar – yozgi maktabi” o‘tkazildi.

Yoshlar demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etishda muhim o‘rin tutadi.  Yoshlarga oid samarali davlat siyosati, jamiyatning ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy rivojlanishiga zamin yaratadi. Shu sabab, mamlakatning ijtimoiy hayotidagi yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash orqali, qizlar va yigitlarning yetakchilik va boshqaruvchilik qobiliyatlarini rivojlantirish alohida ahamiyat kasb etadi.

Yetakchi yoshlar – yozgi maktabi” yoshlarning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalardagi muhim qarorlarni qabul qilinish yangi tashabbus va g‘oyalarni ilgari surishlari, mustaqil fikrlab jamiyat barqarorligiga o’z hissalarini qo‘shishlariga yordam beradi. Natijada, yosh yetakchilar ijobiy o'zgarishlarning muhim bo‘lagi sifatida o‘z hududlardagi tengdoshlarini ilhomlantirishlari mumkin.

Bir hafta davomida Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridan tashrif buyurgan18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan qizlar va yigitlar fuqarolik jamiyatidagi faollikka yetaklovchi tanqidiy fikrlash, huquqiy ong, yetakchilik, muloqot, vositachilik va boshqa ko‘nikmalarni o‘rgatishga qaratilgan ta’lim dasturida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Natijada, tumanlar, shaharlar, viloyatlar va mamlakat taraqqiyotini ta’minlovchi boshqa jarayonlarni tahlil qilishda yoshlarga tegishli mavjud ijtimoiy muammolarni hal qilishga qaratilgan qarorlarni ishlab chiqishda, hududiy boshqaruv organlariga zarur chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishda ko‘maklashishlari mumkin.

“Yetakchi yoshlar – yozgi maktabi”da qatnashish uchun jami 1134 ta arizalar qabul qilindi, ulardan 888 tasi o‘zbek tilida va 246 tasi rus tilida. Umumiy hisobda Farg‘ona viloyatidan 601 ta, Namangandan 275 ta va Andijon viloyatidan 258 nafar yoshlar ishtirok etish istagini bildirgan. Shu tariqa qizlardan 606 ta va yigitlardan 528 ta ariza kelib tushgan. Ular orasidan arizalari va motivatsion insholari eng yaxshi deb topilgan 83 kishi o‘quv dasturida qatnashish uchun saralab olindi. (38 qiz va 45 yigit).

Tadbirning rasmiy ochilish marosimida BMT Taraqqiyot Dasturining Oʻzbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska xonimning ishtirokchilarga video murojaat qildi. - O'zbekiston boshqa mamlakatlar kabi jadal rivojlanishda yosh avlod orasida kuchli liderlarni izlash va rivojlantirishi juda muhimdir. O‘zlarini muntazam ravishda tarbiyalaydigan, jamoalari bilan aloqada bo‘lgan va ularning ehtiyojlariga javob beradigan odamlar eng yaxshi rahbarlardir – deya, u o‘z nutqida qayd etdi.

- Bunday oromgohda qatnashish imkoniyati menga nasib etganidan juda hursandman. Bir haftalik mashg’ulotlar menga lider bo’lish uchun eng zarur ko’nikmalarni taqdim etdi. Har kuni yangi g’oyalar, yangi bilimlar va yangi tashabbuslar bilan o’rtoqlashdik. Eng asosiysi, men o’z hududimda kerakli inson bo’lib, tengdoshlarimga qanday foydam tegishi mumkinligini bilib oldim. Kelajakda o’z yurtim rivoji uchun olgan barcha bilim va ko’nikmalarimdan foydalanishni rejalashtirdim - deydi Andijonlik ishtirokchi Anora Zoxidova.

- Ushbu oromgohga qabul qilinganimni eshitgan kunimdan boshlab manda hayajon va kõtarinki kayfiyat baxsh etdi. Bir haftali yozgi oromgohning men uchun eng esda qolarlisi - bu har bir mashg'ulotlarning noan'anaviy, interfaol usulda, zamonaviy metodikalarda bo'lgani o'zgacha taassurot qoldirdi. Erta tongda yoga mashlari bilan boshlanishi hayot bo'lgan qarashlarimni o'zgartirib yubordi. Interfaol o'yinlar, psixologik treninglar va har bir darsdan o'zimizga kerakli bo'lgan bilim va ko'nikmalarni, maxsus mashg'ulotlar orqali har bir ishtirokchining individual imkoniyatlarimizni ochish, uni rivojlantirish hamda ularni nomoyon etishga harakat qilindi - deydi Namanganlik Soataliyev Diyorbek.

- “Yetakchi yoshlar - Yozgi maktabi” ishtirokchisi bo'lish imkoniyatiga ega bo'lganimdan nihoyatda xursandman. Men tashkilotchilarga barcha tashkiliy ishlar, hususan boy va mazmunli o'quv dasturi, tashrif uchun logistika masalalari, yashash sharoitlaridan minnatdorchiligimni bildiraman. Ushbu oromgoh tajriba va g‘ayrat orttirish, salohiyatni ishga solish va yangi tanishlar ortadigan joyga aylandi. Umid qilamanki, bu kabi loyihalar rivojlanib, ishtirokchilarga juda ko‘p ijobiy taassurotlar qoldiradi va ularning shaxsiy o'sishiga hissa qo'shadi - dedi Farg‘onalik Elizaveta Adoneva.

Yozgi oromgohning so’nggi kunida, o'quv dasturi natijalariga ko‘ra ishtirokchilar o‘z hududalarining vakili sifatida, mavjud dolzarb muammolarni hal qilish uchun o‘z loyihalarini taqdim etdilar. Yakuniy qismda esa har bir ishtirokchi uchun certifikatlar topshirildi.