Buxoro viloyatida BMTTD qurilishda energiya samarador texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha amaliy trenning o’tkazdi

7-September, 2020

Image: UNDP Uzbekistan

2020-yil 21-avgust kuni Buxoro viloyatining Peshko` tumanida 26 nafar qurilish tashkilotlarining rahbarlari qurilishda energiya samarador texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha amaliy treningda qatnashdilar. Amaliy trenning O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, BMT Taraqqiyot Dasturi va Global Ekologik Jamg‘armasi (GEF)ning hamkorlikdagi “O‘zbekistonda energiya samarador qishloq uy-joylarini qurishni rivojlantirishga ko‘maklashish” loyihasi doirasida o’tkazildi.

Trening davomida turli xil zamonaviy energiya samarador texnologiyalar va materiallar ko’rgazmasi bo’lib o’tdi. Arzon uylar davlat dasturi doirasida Buxoro viloyati va butun O’zbekistonda keng qo’llanilayotgan to‘rt qavatli ko‘p kvartirali uylarni qurilish loyihasiga alohida e’tibor berildi. Treninga 26 nafar qurilish tashkilotlarining rahbarlaridan tashqari, «Qishloq Qurilish Invest» qishloq uylarning qurilishi bo’yicha milliy agentlikdan vakillar va “Navbahor” mahalla fuqarolar yigini raisi tashrif buyurdilar.    

Amaliy trening dasturi davomida faol ish olib bo’rilayotgan qurilish maydoniga tashrif buyurish imkoni berildi va trening ishtirokchilari izolyatsiya hamda boshqa energiya samarador texnologiyalar va materiallar o’rnatish jarayoniga guvoh bo’lishdi. Ishtirokchilarga uylarni isitish uchun qo’llaniladigan maxsus yondashuv ko’rsatildi, ya’ni pol, devor va tomga maxsus materiallar qoplanadi, masalan, issiqlik yoqotish kuchini 30% kamaytiradigan, zichligi 160 kg/m3 teng bo’lgan bazalt mineralli paxta, devor uchun qo’llaniladi. Loyiha mutaxassislari o’rnatish jarayonidagi turli xil xatolarni ko’rsatib, ularni oldini olish yo’llarini etib o’tishdi.      

"Bu yil Peshko` tumani, Navbahor mahalla fuqarolar yigini hududida 2 ta 4 qavatli 3 podezdli 24 kvartirali jami 48 ta xonadondan iborat ko‘p qavatli uy barpo etilmoqda, –deydi «Peshko G`isht Servis» xususiy korxonasi rahbari Qodir Tolibov. –Korxonamiz pudratchi tashkilot sifatida mazkur 24 kvartirali ob`ektni sifatli qurib, foydalanishga topshirish uchun mas`ul hisoblanadi.  Bugungi treningda qatnashish biz uchun hozircha yangi bo‘lgan texnologiyalar bilan batafsil va ko‘rgazmali tanishish imkoniyatini berdi. Bu mahalliy quruvchilarga o‘z obyektlarida energiya tejamkor qurilish materiallaridan foydalanganda xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslikka va bajariladigan ishlar sifatini oshirishga yordam beradi".

Buxoro viloyati Peshko` tumanidagi energiya samarador qurilish yo’nalishiga o’tish mamlakat miqyosidagi katta o’zgarishlarning bir qismidir. Prezident Shavkat Mirziyoyev, 2018 yil noyabr oyidagi qaroriga asosan, davlat dasturi doirasida qurilayotgan barcha qishloq uylari energiya samardor bo’lishi kerak. Loyiha asosida yaratilgan ishlanmalar ushbu farmonga muvofiq keng qo'llanilmoqda.     

"Joriy yilda butun O'zbekiston bo'ylab 444 ta ko`p qavatli uylar qurib foydalanishga topshiriladi, –deydi “Qishloq qurilish invest injinering kompaniyasi” MCHJ viloyat filiali bosh muhandisi Husniddin Nurmuxammedov, 2020 yilning davlat dasturi milly maqsadlarini nazarda tutgan holda. Uylarning barchasida fasad, pol, va tom uchun energiya tejamkor materiallardan foydalaniladi. 

Bundan tashqari, BMTTD tomonidan energiya samaradorligini talablardan yuqori bo'lgan eksperimental ishlanmalar, shu jumladan quyosh fotoelektr generatorlarini amalga oshirilmoqda. Seminarda ushbu qo’shimcha funktsiyalar bo’yicha o’quv mavzusi ko’rib chiqildi.     

“Umumiy 120 ta xonadonlarga quyosh batareyalari o`rnatilishi rejalashtirilgan. O`rnatiladigan quyosh batareyalarning quvvati 600 Vt lik bo`lib, loyiha hujjatlariga asosan har bir kvartiraga uylarning yoritish tizimi va 3 ta rozetka ya`ni muzlatgich, televizor va qo`l telefonini quvvatlantirish uchun mo`ljallangan” – deydi Nurmuxammedov.

“Ushbu uylarning afzalligi quyosh batareyalaridan foydalaniladi, qish mavsumida uylar issiq, yozda esa salqin bo’lishida” – deydi Peshko’ tumani “Navbahor” mahalla fuqoralar yig’ini raisi, Ramazon Navrozov. “O`zbekistonimiz yil o`n ikki oy quyoshli. Hududda elektr energiya o`chsa ham mazkur uylar doimo charog`on”.     

BMTTD ning asosiy maqsadi O‘zbekistonning qishloq joylarida yashovchi aholini yaxshilangan, arzon va ekologik toza turmush sharoitlari bilan ta’minlashdan iborat. Binolarni loyihalashtirish va treninglardan tashqari, loyiha doirasida past karbonli qishloq uylar qurilishini ta'minlash uchun “yashil ipoteka” mexanizmini ham yo’lga qo’yildi. Bundan tashqari, ta’minot zanjirini va qurilish qoidalarini qayta ko'rib chiqish loyiha tomonidan qo’llab quvvatlandi. Bunday tadbirlar birgalikda yilliga o’n minglab uylarni bunday qishloq uylarga o’tishni tezlashtiradi. Shinam uylar oylalar uchun arzon bo’lib, mamlakatdagi uglerod izini sezilarli darajada kamaytirmoqda.