BMTTD O’rtachirchiq tumanida yashil uylar qurilishi bo’yicha amaliy trening o'tkazdi

16-September, 2020

Image: UNDP Uzbekistan

12-sentyabr kuni Toshkent viloyatining O’rtachirchiq tumani Uyg’ur aholi punktida qurilishda energiya tejamkor texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha amaliy trening o‘tkazildi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, BMTTD dasturi va Global Ekologiya Jamg‘armasi (GEF)ning hamkorlikdagi “O‘zbekistonda energiya samarador qishloq uy-joylarini qurishni rivojlantirishga ko‘maklashish” loyihasi doirasida o’tkazildi. 

Energiyani tejamkor qurilish amaliyoti murakkab bo’lmay, mavjud materiallardan foydalanish imkonini o'z ichiga oladi. Uyg'ur qishlog'ida va O'zbekiston bo'ylab boshqa tajriba zonalarida binolarning tashqi devorlariga zichligi 160 kg/m3 bo'lgan penoplast va bazaltli mineral paxta kabi izolyatsiya materiallari qo’llaniladi va keyin gips yoki boshqa qoplama materiallari bilan qoplanadi. Ushbu usul issiqlik yo'qotilishini 30% ga kamaytiradi

Bunday qurilish usullari uylarda barqaror haroratni saqlashga yordam berib shu bilan qulay yashash joylarini yaratadi. Uydagi quyosh fotoelektr stantsiyalari bilan bir qatorda, ushbu issiqlik izolatsiyasi gaz va elektr narxlarini pasaytiradi va qurilish xarajatlarining minimal o'sishini qoplaydi.

12 sentyabr kuni bo'lib o'tgan seminar davomida BMTTD milliy maslahatchisi Uchqunbek Farmonov qurilish maydonchasida turli xil zamonaviy energiya tejamkor texnologiyalar va materiallarni namoyish etdi. Mashg'ulotda tumandagi 20 ga yaqin qurilish tashkilotlari vakillari, shuningdek, "Qishloq qurilish invest" qishloq uy-joylarini qurish milliy agentligi vakillari va mahalla qo'mitasia'zolari ishtirok etdilar va master-klass davomida o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

"Ushbu turdagi amaliy seminar va treninglar mintaqaviy qurilish tashkilotlariga energiya tejaydigan texnologiyalar bilan yaxshi tanishish va ularni tuman, hamda viloyatdagi bino va inshootlarni qurishda kengroq qo’llash imkonini beradi", - deydi "Toshkent viloyati mahsus montaj qurilish" pudrat tashkiloti rahbari Akbarjon Sharapov. “Mana, Uyg'ur qishlog'ida biz energiya tejaydigantexnologiyalardan foydalangan holda 4 qavatli to'rtta turar-joy binosini qurdik. Biz uchun bu birinchi turdagi uylar emas, chunki biz energiya tejaydigan texnologiyalar yordamida bu yil 10 ta uy qurdik.

Bunday uylarni qurish Prezident Shavkat Mirziyoevning 2018 yil noyabrda qabul qilingan, arzon qishloq uylari davlat dasturi asosida qurilgan barcha uy-joylar energiya tejamkor bo'lishi kerakligi to'g'risidagi farmoyishiga muvofiq amalga oshirilmoqda.

O‘zbekistonda energiya samarador qishloq uy-joylarini qurishni rivojlantirishga ko‘maklashish” loyihasi etakchi mutaxassislarning bilimlari asosida amaliy mashg'ulotlar o'tkazish orqali yashil uylar qurilishi bilan shug'ullanadigan qurilish kompaniyalari faoliyatini boyitish va takomillashtirishga qaratilgan.