Xalqaro koʻngililar kuni Nukusda nishonlandi

6-December, 2019

UNDP Uzbekistan image

Kuni kecha butun dunyo boʻylab iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish uchun Xalqaro koʻngililar kuniga bagʻishlangan tadbirlar oʻtkazildi. Mazkur kunning bu yilgi shiori “Koʻngililar va inklyuziv kelajak” volontyorlik faoliyati vositasida mamlakatlarni oʻzidagi tengsizlikning barcha koʻrinishlarini qisqartirishga qaratilgan 10-Barqaror rivojlanish maqsadiga diqqatni qaratishga daʼvat etadi.

Shunisi diqqatga sazovorki, 2019 yilning 2 dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Volontyorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunga imzo chekdi. Unda volontyor va volontyorlik tashkilotining maqomi mustahkamlandi va koʻngililik faoliyatining yoʻnalishlari belgilab berildi.

Ushbu sana munosabati bilan tantanalar Nukusdagi Berdah nomli Qoraqalpoq davlat akademik musiqiy teatrida ham boʻlib oʻtdi, bu yerda Qoraqalpogʻistonning 10ta tumanidan 600 nafarga yaqin eng faol volonyotr jam boʻldi.

Tadbir davomida qayd etilganidek, BMTTD, BMTKD, JST, YuNFPA va YuNISEF kabi agentliklarning birgalikdagi saʼy-harakatlari orqali mintaqada infratuzilmani takomillashtirish va sogʻliqni saqlash tizimi salohiyatini oshirish borasida ishlar olib borilmoqda.

Hamkorlik doirasida Nukus va Urgenchda Davlat epidemiologik nazorati uchun sovutish omborini qurilishi yakunlandi, vaksinatsiya boʻyicha axborot tizimi joriy etildi, Moʻynoq tumanidagi qishloq vrachlik punktlari quyosh panellari bilan taʼminlandi, birlamchi bosqichdagi davolash-profilaktika muassasalarining faoliyatini standartlashtirish, integratsiyalash va muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi PAL strategiyasi ishga tushirildi. Koʻngillilar faoliyati natijasida aholining turli kasalliklar toʻgʻrisida xabardorlik darajasi oshadi. Tumanlardagi tibbiyot muassasalariga aholining murojaatlari soni koʻpayib, kasallikni dastlabki bosqichlarida aniqlash imkoni paydo boʻldi”, - deb ta’kidladi Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Faxriddin Abdullaev.

2012 yildan boshlab to shu kungacha butun mintaqada mahalliy aholining 3 710 nafar koʻngillisi oʻqitildi. Muhim yoʻnalishlar sirasida - gigiyena, sanitariya va sogʻliqni saqlash masalalari oʻrin olgandi, bu esa 386 906 nafar odamning tibbiy savodxonligini oshirish imkonini berdi.

Muntazam asosda salomatlik masalalarida hamjamiyat koʻngililari yakka tartibdagi uchrashuvlar, qishloq ahli bilan axborot sessiyalari oʻtkazib kelmoqdalar, ularda yurak-tomir, oshqozon-ichak kasalliklari, nafas olish yoʻllari betobliklari profilaktikasini muhimligi, hamda onalik va bolalikni himoyasi haqida soʻzlab bermoqdalar.

Tadbirning rasmiy qismidan soʻng uning ishtirokchilari eʼtiboriga “Qoraqalpogʻistonda volontyorlik” nomli hujjatli film taqdim etildi. Shu kunni oʻzida koʻngililar quyidagi nominatsiyalar boʻyicha esdalik mukofotlari va sovgʻalarni olishdi:

·        Eng yaxshi volonter- tibbiy patronaj xodimi

·        Eng yaxshi volonter – qishloq fuqarolik yigʻini ishchisi

·        Eng yaxshi volonter – oʻqituvchi

·        Eng yaxshi volonter – yosh

·        Eng yaxshi volonter – nafaqaxo‘r

·        Eng yaxshi volonter – uy bekasi

·        Eng yaxshi volonter – RB bosh hamshirasi

·        Eng yaxshi volonter – QVP/KOP katta hamshirasi

Eng yaxshi volontyor - o‘qituvchi” nominatsiyasida mukofot olganimdan juda xursandman. Men o‘zim Xo‘jayli tumanidagi 29-maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlayman. Maktabimizda tez-tez o‘quvchilar, o‘qituvchilar, shuningdek ota-onalar o‘rtasida salomatlik mavzusida ma’lumot sesessiyalarini o‘tkazaman. Treninglar davomida bizga taqdim etilgan o‘quv qo‘llanmalari – ma’lumot kalendarlari, bukletlar, sanitariya kitoblari va plakatlar katta yordam beradi, ishimizni osonlashtirib, aholi bilan suhbatlarni qiziqarli tarzda o‘tkazishga xizmat qiladi”, - Xojeyli tumanidagi “Nauriz Kumbiz” MFYdan kelgan Qizlargul Kudiyarova o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi

Nukusdagi Xalqaro koʻngililar kuni tantanalari “Orol mintaqasi uchun inson xavfsizligi boʻyicha koʻpsheriklik fondini tashkil qilish orqali Orol fojiasidan zarar koʻrgan aholining turmush sharoiti salohiyatini mustahkamlash” Qoʻshma dasturini amalga oshirish doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi koʻmagida tashkil etildi.