Qoraqalpogʻistonning toʻrtta tumanida tadbirkorlik boʻyicha masofaviy treninglar boshlandi

23-June, 2020

Photo: UNDP Uzbekistan

Shu kunlarda Qoraqalpogʻistonlik endigina tadbirkorlik faoliyatini boshlayotganlar uchun biz biznesni yuritish asoslari boʻyicha turkum treninglar o'tqazmoqdamiz. Koronavirus karantini talablarini inobatga olgan holda qator mashgʻulotlar onlayn rejimida oʻtkazilmoqda.

Endilikda uydan chiqmasdan turib ham tadbirkorlik faoliyati asoslarini oʻrganish va malakali axborot koʻmagini olish mumkin boʻladi. Biz ayollar, oʻsmirlar va qizlar uchun masofadan turib oʻqish kurslarini ishga tushirdi. Birinchi mashgʻulotlar Qoraoʻzak tumanida boʻlib oʻtdi. Roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchilar video-darslar, taqdimotlar va zarur boʻlgan maʼlumotli materiallarni oʻziga jamlagan flesh-toʻplagichlar olishdi.


Hozir tadbirkorlar uchun unchalik oddiy davr emas, ammo bu holat kichik biznes rivoji uchun yangi imkoniyatlarni ham ochmoqda. Murabbiylar bilan maslahatlashuvlar onlayn rejimida oʻtkazilmoqda, qayd etish joizki, bunda mashgʻulotlar internetga ulanishni talab qilmaydi, demak eng uzoq tumanlardagi ishtirokchilar uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratildi. Biz kursning tumanimizdagi tinglovchilari uchun fleshkalar va axborot materiallarining 20ta toʻplamini oldik, - deydi Daribay Toremuratov, Qoraqalpogʻistonning Qoraoʻzak tumani hokimiyatining bosh mutaxassisi.

Biz Yaponiya hukumatining moliyaviy koʻmagi orqali va YuNFPA Orolboʻyida mahalliy hamjamiyatning iqtisodiy, ekologik hamda sog‘liqni saqlash masalalaridagi zaifliklarini bartaraf etish orqali turmush barqarorligini mustahkamlash, hamda aholi salomatligi masalalarini qamrab oladigan Qoʻshma dasturni amalga oshirmoqdamiz. Dastur maqsadlaridan biri - loyiha tumanlari aholisini rejalashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirish koʻmaklariga oʻqitishdan iboratdir. Muhim tarmoqlar orasida - qishloq xoʻjaligi, baliqchilik, oziq-ovqat sanoati va boshqalar bor. Ushbu tadbirlar aholi bandligini taʼminlash va qoʻshimcha daromad olish imkoniyatlarini yaratishi kutilmoqda. 

Mashgʻulotlarning asosiy mavzulari biznes-rejalashtirish bosqichlari, bozor qonunlari, inqirozli vaziyatlarda marketing faoliyati va moliyaviy jihatlarining xususiyatlarini oʻrganishdan iboratdir. Qoraqalpogʻistonning Boʻzatov, Chimboy va Kegeyli tumanlari vakillari iyun oyini oxirigacha taʼlim kurslarida tahsil oladilar.