O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi jurnalistik surishtiruvlar bo‘yicha treningga arizalar qabul qilinmoqda

7-August, 2025
Promotional graphic for a journalism training event with dates and location details.

Rasm: BMTTD O'zbekiston

Jurnalistik surishtiruv sohasidagi bilim va koʻnikmalarni rivojlantirish boʻyicha treningga taklif etamiz!

Joriy yilning 22-23-avgust kunlari Toshkent viloyatida korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusini yoritayotgan yoki ushbu sohaga qiziqishi bo’lgan jurnalist va blogerlar, shuningdek jurnalistika fakulteti talabalari uchun maxsus trening oʻtkaziladi.

Tashkilotchilar: Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Yevropa Ittifoqi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD).

Trening doirasida mahalliy va xalqaro media-trenerlar quyidagi asosiy mavzular boʻyicha o’zlarining bilim va tavsiyalari bilan o’rtoqlashadilar:

  • korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirishda jurnalistik surishtiruvlarning oʻrni;
  • OAV erkinligi, axborotdan foydalanish imkoniyati, axborot manbalarni himoya qilish;
  • jurnalistlarni himoya qilishning qonuniy kafolatlari va Oʻzbekistonda xalqaro tajribani joriy etish;
  • korrupsiyaga oid mavzularni yoritishda gender stereotiplarini aniqlash;
  • korrupsiyaga qarshi surishtiruv ishlarida data-jurnalistika vositalaridan foydalanish va boshqa jihatlar.

Trening oʻzbek va rus tillarida olib boriladi (tarjimon yordamida).

Viloyatlardan kelgan ishtirokchilarning transport xarajatlari tashkilotchilar tomonidan toʻlab beriladi.

Roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchilar quyidagi mezonlar asosida tanlab olinadi:

  • Ishtirok etish uchun motivatsiya va olingan bilimlarni oʻz kasbiy faoliyatida qoʻllashga tayyorlik – 10 ballgacha (ishtirok etishning qanchalik asoslanganligi, mavzuga qiziqish va koʻnikmalarni amalda qoʻllash rejalari baholanadi);
  • Ishtirokchining korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida eʼlon qilgan materiallari bor/yoʻqligi – 10 ballgacha (maqolalar, bloglar, reportajlar va boshqa materiallar hisobga olinadi);
  • OAV, PR yoki blogerlik sohasidagi ish tajribasi – 10 ballgacha (taʼlim amaliy koʻnikmalarni rivojlantirishga qaratilgani sababli 1-5 yillik tajribaga ega nomzodlarga tanlovda ustunlik beriladi);

Qoʻshimcha maʼlumot:

Ayol va erkak ishtirokchilar soni muvozanatli va teng boʻlishini taʼminlash maqsadida ishtirokchilarning yakuniy roʻyxatini shakllantirishda hududiy va gender xilma-xilligi hisobga olinadi.

Soʻnggi 12 oy davomida korrupsiyaga qarshi jurnalistika boʻyicha shu kabi treninglarda qatnashganlik ballarga taʼsir qilmaydi, biroq taʼlim olishda teng imkoniyatlarni taʼminlash uchun eʼtiborga olinishi mumkin.

Treningda ishtirok etish uchun quyida beriladigan havola boʻyicha 15-avgust kuni soat 23:59 gacha (Toshkent vaqti bilan) roʻyxatdan oʻtish kerak boʻladi.

Roʻyxatdan oʻtish uchun havola: https://forms.gle/2KtaQQnZZFcYA46u7 

Mazkur trening Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD) tomonidan amalga oshirilayotgan va Yevropa Ittifoqi (YI) tomonidan moliyalashtiriluvchi “Oʻzbekistonda korrupsiyaga qarshi milliy ekotizimni mustahkamlash” qoʻshma loyihasi doirasida tashkil etilmoqda.

Tanlovdan oʻtgan nomzodlar 2025-yil 19-avgustgacha xabardor qilinadi.

Roʻyxatdan oʻtish va treningda ishtirok etish bilan bogʻliq barcha savollar boʻyicha anti-corruption.uz@undp.org elektron pochtasiga yoki +998903304170 raqamiga murojaat qilishingizni soʻraymiz.

Barcha murojaatchilar uchun shaffoflik va maʼlumotlardan teng foydalanish imkoniyatini taʼminlash maqsadida koʻp soʻraladigan savollarga javoblar Telegram kanalimizda (https://t.me/BMTTD_Jurnalistik_Surishtiruv) ochiq eʼlon qilinadi.