Yangiliklar

Filter
Showing 1 - 20 of 79
  • 2014 Dek 19
    “Qamchiq” dovon yo’lida tabiiy ofatlar havfini kamaytirish amallari

    Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda BMT Taraqqiyot Dasturining hamkorligida amalga oshirilayotgan “Tabiiy ofatlar havf-xatarini boshqarish bo’yicha O’zbekiston Respublikasining salohiyatini mustahkamlash” loyihasi doirasida yangi yo’nalish “Qamchiq” dovoni yo’lida tabiiy ofatlar havfini kamaytirish” amalga oshirilmoqda. Ushbu tadbirlarni Yevropa Hamjamiyatining Gumanitar Yordam berish Departamenti (ECHO) hamda BMT Taraqqiyot Dasturining O’zbekistondagi Vakolathonasi moliyaviy ko’magida amalga oshirilmoqda.

  • 2014 Dek 15
    Korrupsiyani oldini olishga qaratilgan hamkorlik

    9 dekabr kuni Toshkentda, O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasining majlislar zalida Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kunini nishonlashga bag‘ishlangan Ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Giyohvandlik va jinoyatga qarshi kurash boshqaruvi tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirda BMTning 2005 yil 14 dekabr kuni qabul qilingan Korrupsiyaga qarshi konvensiyasining o‘rni va mohiyati haqida fikr almashildi. Mazkur tadbirda BMT agentliklari hamda boshqa xalqaro va milliy tashkilotlarning vakillari ishtirok etib, uning asosiy maqsadi BMTning O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlash strategiyasi doirasida korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish yo‘llarini muhokama qilishdan iborat edi.

  • 2014 Dek 12
    BMTTD va Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari Toshkent viloyati hokimligining axborot xizmatiga tashrif buyurdi

    Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi Taraqqiyot dasturi doimiy vakili o‘rinbosari Farid Karaxanov va Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Jorj Edgar BMTTDning uslubiy va texnik ko‘magi asosida tashkil qilingan Toshkent viloyati hokimligining axborot xizmati faoliyati bilan tanishdilar.

  • 2014 Dek 12
    Bioxilma-xillikni saqlash tamoyillarini o‘rgatish

    Noyabr oyida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi, Global ekologik jamg‘armasi va O‘zbekiston Respublikasi hukumatining hamkorlikdagi “O‘zbekiston neft va gaz tarmog‘iga bioxilma-xillikni saqlash tamoyillarini integratsiyalash” loyihasi tomonidan Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining davlat ekologik ekspertiza boshqarmasi xodimlari, bioxilma-xillikni muhofaza qilish bo‘yicha inspeksiyasi nozirlari hamda neft va gaz sohasidagi kompaniyalar mutaxassislarining bilim salohiyatini oshirish maqsadida qator o‘quv seminar-treninglar tashkil etildi.

  • 2014 Dek 10
    Ekspertlar O‘zbekistonda QHTBT joriy qilishni muhokama qildilar

    O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti (AQMI) bilan hamkorlikda qonunchilik hujjatlarining ta’sirni baholash tizimining (QHTBT) mexanizmlari va prinsiplarini tushuntirish va uni kelajakda mamlakatda joriy qilishga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminar o‘tkazdi. Seminarni Risklarni baholash bo‘yicha Yevropa forumi (Belgiya) yetakchi mutaxasisi va “Allio Konsalting” konsalting kompaniyasi (Shveysariya) direktori Lorenso Allio olib bordi.

  • 2014 Dek 10
    Byudjet kodeksi: sinovdan o‘tkazishning birinchi yili ortda qoldi

    Bir yil avval 2013 yil dekabrda “O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingandi. Byudjet kodeksi byudjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining umumiy prinsiplarini, byudjet tizimi faoliyatining huquqiy asoslarini, O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash va ijro etish tartibini belgilab beradi.

  • 2014 Dek 4
    Markaziy Osiyoda pistaga bag‘ishlangan birinchi vebsayt ishga tushirildi

    Global Ekologik Fondning Kichik Grantlar Dasturi (GEF KGD) O‘zbekistondagi BMTTD ko‘magida, Respublika manzarali bog‘dorchilik va o‘rmon xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi bilan hamkorlikda pista haqidagi mavzuli internet portal ishga tushganligini xabar qiladi. Foydalanuvchilar quyidagi manzil orqali unga murojaat qilishlari mumkin: www.pistachio.uz.

  • 2014 Dek 4
    O‘zbekistondagi davlat boshqaruvi sohasidagi demokratik reformalar muhokamasi

    Joriy yilning 2 dekabrida “Poytaxt” biznes markazida “Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish – mamlakatning demokratik yangilanishi va modernizatsiyasi, fuqarolik jamiyatining shakllanishidagi ustuvor yo‘nalish” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

  • 2014 Dek 2
    “Farqlilar va tenglar birligi” festivali: nogironlar masalalariga yangicha qarash

    Shu yil ilk bora Xalqaro Nogironlar kuniga bag‘ishlangan keng ko‘lamli va rang-barang “Farqlilar va tenglar birligi” festivali o‘kaziladiFarqlilar va tenglar birligi.

  • 2014 Dek 1
    BMTTD loyihasi faoliyati natijalari milliy hamkorlar bilan muhokama qilindi

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va BMT Taraqqiyot Dasturi (BMTTD)ning “Mahalliy boshqaruv tizimini qo‘llab-quvvatlash/2-bosqich” qo‘shma loyihasining Idoralaro muvofiqlashiruvchi ishchi guruhi (IMIG) va Loyiha kengashi qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.

  • 2014 Noya 28
    Sudlar faoliyatiga AKTni tadbiq etish masalalari muhokama qilindi

    20 noyabr 2014 yil O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi binosida halqaro ilmiy amaliy seminar bo'lib o'tdi. Mazkur seminar sudlar faoliyatiga AKTni tadbiq etish va sudlarda AKTdan foydalanish samaradorligini oshirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish kabi masalalarga bag'ishlandi. Mazkur seminar O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O'zbekiston Respublikasi Oliy ho'jalik sudi xamda BMTning O'zbekistondagi vakolatxonasining “Fuqarolik sudlarida ish yuritishni takomillashtirish: Samarali sud boshqaruvi” loyixasi ko'magida tashkil etildi.

  • 2014 Noya 19
    «Davlat xaridlari to’g’risida»gi Qonun loyihasi muhokama qilindi

    Davlat xaridlari tizimi mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim o’rinni egallaydi va O’zbekiston yalpi ichki mahsulotining kamida 11 foizga yaqinini tashkil etadi. Davlat tovarlar va xizmatlarning yirik buyrtmachisi va iste'molchisi bo’lgani holda davlat xaridlari jarayonini samarali amalga oshirish uchun ochiq-oshkora va raqobatli shart-sharoitilarni shakllantirish chora-tadbirlarini ko’radi. Bugungi kunda respublikada ushbu sohadagi faoliyatni tartibga soluvchi yagona qonun hujjati mavjud emasligini hisobga olganda qonun loyihasining ishlab chiqilishi – bu davlat xaridlari sohasini takomillashtirish yo’lidagi muhim qadamdir.

  • 2014 Noya 18
    O‘zbekistonlik ekolog nufuzli mukofotiga sazovor bo‘ldi

    Xorijiy mamlakatlar tomonidan yurtimizda amalga oshirilayotgan ekologiya va atrof-muhitni himoya qilish sohasidagi loyihalarga yuqori baho berilmoqdao‘o‘. “Qoraqalpog‘iston va Qizilqum cho‘lidagi tanazzulga uchragan yеrlarda barqaror ekotizimni saqlashga erishish” loyiha rahbari Irina Bekmirzayeva “Energy Globe Award” Xalqaro jamg‘armasining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.

  • 2014 Noya 17
    “Oila osoishtaligidan dunyo tinchligi sari” 2014 xalqaro aksiyasi

    17 noyabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan doira suhbati va matbuot anjumani “Oiladagi osoishtalikdan dunyo tinchilgi sari” xalqaro aksiyasi doirasidagi tadbirlarning boshlanishiga bag‘ishlanadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti, milliy jamoat va qator donor tashkilotlar tomonidan tashkil etilayotgan ushbu tadbirlarning asosiy vazifasi ayollar huquqini himoya qilish masalalariga jamoatchilikning e’tiborini jalb etishdan iborat.

  • 2014 Noya 4
    OCHIQ MULOQOT: yoshlarni o‘z mutaxassisligi bo‘yicha qanday ishga jalb qilish kerak?

    Olmaliq, Angren shaharlari va Angren tumani hokimliklari vakillari, fuqarolik jamiyati institutlari faollari, kasb-hunar kollejlari rahbariyati va talabalari ishtirokida o‘tkazilgan ochiq muloqot davomida mazkur masala muhokama qo’yildi.

  • 2014 Okt 21
    Hamkorlik uchun keng imkoniyatlar. BMT Taraqqiyot dasturi Administratorining O‘zbekistondagi tashrifi o‘z nihoyasiga yetdi

    BMT Taraqqiyot dasturi Administratori Helen Klarkning O‘zbekistondagi besh kunlik tashrifi o‘z nihoyasiga yetar ekan, mazkur tashrif doirasida u O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, muhtaram Islom Karimov janobi oliylari, bir qator vazirlar, milliy va xalqaro hamkorlar bilan uchrashib, O‘zbekistonning turizm sohasida eng muhim o‘rin egallab turuvchi qadimiy shaharlardan bo‘lmish Xiva va Buxoroga tashrif buyurganligini aytib o‘tish joiz. O‘zining tashrifi doirasida Helen Klark O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan bir qator tashabbuslar bilan tanishib, ularning mamlakat aholisiga tegayotgan foydasi to‘g‘risida batafsil ma’lumot oldi. Administrator ta’kidlashicha, yanada ko‘proq sa’y-harakat qilib, mazkur tashabbuslarning ko‘lamini kengaytirish zarur. Administrator yangi ustuvor yo‘nalishlarda yanada yaqindan hamkorlik qilish imkoniyatlari mavjudligini mamnuniyat bilan e’tirof etidi.

  • 2014 Okt 17
    BMT Taraqqiyot dasturi Administratori Helen Klark Toshkent Zilzilalarni simulyatsiya qilish majmuasiga tashrif buyurdilar

    BMTTD Administratori Helen Klark xonim hamda Yevropa Ittifoqining Gumanitar yordam va fuqarolik mudofaasi masalalari bo‘yicha bosh rahbariyati (ECHO) vakillari bilan birgalikda Toshkent shahri Fuqarolik mudofaasi instituti qoshidagi Toshkent Zilzilalarni simulyatsiya qilish majmuasiga tashrif buyurdilar.

  • 2014 Okt 16
    BMT Taraqqiyot dasturi Administratori Helen Klarkning O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga buyurgan tashrifi doirasida qonun ustuvorligi sohasida yangi loyiha ishga tushdi

    BMT Taraqqiyot dasturi Helen Klark xonim O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida “O‘zbekistonda qonun ustuvorligi sohasidagi hamkorlik” deb nomlangan loyihaning ishga tushirilishiga bag‘ishlangan tantanaviy marosimda ishtirok etdi. Mazkur loyiha BMTTD va O‘zbekiston Hukumati o‘rtasidagi hamkorlik doirasida amalga oshirilgan sud samaradorligini oshirish va aholining sud tizimi xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan loyiha yutuqlariga asoslangan holda amalga oshirilishi kutilmoqda.

  • 2014 Okt 15
    BMT Taraqqiyot dasturining Administrotori Helen Klarkning O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrifi

    O‘zbekistondagi hamkorlik dasturi doirasida erishilgan yutuqlari bilan tanishish hamda kelajakdagi tashabbuslarga asos solish maqsadida 15 oktabrdan 20 oktabrgacha O‘zbekistonga BMTTD Administratori Helen Klark xonim tashrif buyuradi va bir qator loyiha hududlariga safar qilib, asosiy milliy hamkorlar bilan uchrashishi kutilmoqda. Uning tashrif dasturi BMTTDning milliy hamkorlari bilan uchrashuv, turli loyihalar amalga oshirilayotgan joylarga tashrilarini o‘z ichiga oladi.

  • 2014 Okt 14
    Gender masalalarini byudjet jarayoniga tadbiq etish yo‘lida

    2014 yil 9-10 oktyabrda “Poytaxt” biznes-markazida gender byudjetlashtirish masalalari bo‘yicha ta’lim beruvchi seminar bo‘lib o‘tdi.