BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konventsiyasi

Uzbek

pdf (1MB)

Download

BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konventsiyasi

29-May, 2014

Mazkur nashrning asosiy maqsadi hukumat idoralari, jamoatchilik, nodavlat tashkilotlar va ommaviy axborot vositalarini BMTning “Nogironlar huquqlari to‘g‘risida”gi konventsiyasi hamda uning Fakultativ bayonnomasi bilan tanishtirishdan iborat.

Shuningdek, mazkur publikatsiya nogironlarning manfaatlari va haq-huquqlarini ilgari surib mazkur konventsiyani ratifikatsiya qilish g‘oyasi hamda keyinlikda konventsiya shartlarini bajarish doirasidagi doimiy hisobotchilik va monitoring ishlarini amalga oshirishni taqozo etadi.

Shubhasiz, mazkur publikatsiya keng ommaga mo‘ljallangan bo‘lib, jamoatchilikni nogironlarning huquq va erkinliklari, huquqiy manfaatlarini kafolatlash borasidagi xalqaro andozalar bilan tanishtirishda hamda milliy qonunchilikni xalqaro qonunlarga moslashtirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va hayotga tadbiq etishda nihoyatda qo‘l keladi.

BMTning “Nogironlar huquqlari to‘g‘risida”gi konventsiyasining birinchi nashri va uning Fakultativ bayonnomasining o‘zbek tiliga tarjima etilishi O‘zbekiston Respublikasining Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi hamda O‘zbekiston Respublikasining Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining “Aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy hamkorlik” deb nomlangan qo‘shma loyihasi tomonidan amalga oshirildi.